Surxondaryo sharafini himoya qilib…

Date:

Sportda nafaqat kuchlar sinaladi, g‘urur, sha’n ham himoya qilinadi. Samarqand shahrida kikboksing sport turi bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida tashkil etilgan O‘zbekiston chempionatida ham ana shunday maqsadlar ila kuchlar sinovdan o‘tkazildi. Musobaqada Surxondaryo sharafini himoya qilib angorlik sportchilar ham o‘z vazn toifalari bo‘yicha ishtirok etdilar.

Aytish kerakki, ishtirokchilar o‘z sport turning ustalari, epchil, abjir va kuchli. Shunga monand kurash qizg‘in va ayovsiz kechdi. Natijalar esa maqtangulik.
Vohadoshimiz Javohir Karimov 16-18 yoshlar o‘rtasida 69 kg vazn bo‘yicha Layt-kontakt yo‘nalishida 1-o‘rinni qo‘ldan boy bermagan bo‘lsa, Asadbek Qurbonov ham bo‘sh kelmay mardlar maydonida 3-o‘rin bilan uyga qaytdi.

H. Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Attestatsiya boshlandi

26-oktyabrdan respublika bo‘ylab pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha navbatdagi...

Termiz orqali uchinchi bozorlarga

Surxondaryo viloyati hokimligi delegatsiyasi Afg‘onistonning Balx viloyatida bo‘lib, savdo-iqtisodiy...

Halollik — muhim mezon

Surxondaryo viloyatidagi harbiy qismlardan birida harbiy xizmatchilarning huquqiy bilimlarini...

Yosh avlod va harbiylar: hamkorlik mustahkamlanmoqda

Termiz tumanidagi 18-umumta’lim maktabida O‘zbekiston Respublikasi DXX Chegara qo‘shinlari...
KunTun
KunTun