G‘alaba muborak, yosh chempionlar!

Date:

Sportchi yoshlarimiz erishayotgan yutuqlar haqida to‘xtalsak, ehhe, so‘zimiz tugab ado bo‘lmaydi. E’tirof etish kerakki, bu muvaffaqiyatlar ortida tinimsiz tayyorgarlik, o‘z ustida ishlash yotadi. Toshkent shahrida jahonning 16 ta davlatidan tashrif buyurgan 12, 13 yoshli bolalar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan karate WKF bo‘yicha jahon chempionatida ham tayyorgarligi bilan manaman degan raqiblarni yengadigan vohalik sportchi yoshlar ishtirok etdi.
Unda Denov tumanidagi 77-umumiy o‘rta ta’lim maktabining o‘quvchilari Farangiz Axmedova hamda Asila Amanovalar mardonavor kurashdilar. Raqiblarini yengib, yakka kato yo‘nalishi bo‘yicha faxrli 2- o‘rinni egallab kumush medalni qo‘lga kiritishdi va Turkiya davlatida bo‘lib o‘tadigan chempionat uchun yo‘llanmaga ega bo‘lishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yoshlarga yangi xonadonlar topshirildi

Mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning «Yetim bolalar va...

Yangi tashabbuslar ilgari surildi

Bugungi kunda xorijiy tajriba va zamonaviy bilimlarni yurt taraqqiyotiga...

Finalda g‘olib kim?

Yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli...

Sportchilarimiz bo‘sh kelmadi

“Besh tashabbus paralimpiadasi” nogironligi bo‘lgan yoshlarning sport salohiyatini namoyon...
KunTun
KunTun