“O‘zbekiston-2030” strategiyasi: barchani faollikka chorlaydi

Date:

“Yuksalish” umummilliy harakati Surxondaryo viloyat hududiy bo‘linmasi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Surxondaryo viloyati mintaqaviy vakili hamkorligida Termiz shahridagi 26-sonli umumta’lim maktabida tibbiyot xodimlari, ta’lim sohasi vakillari, nodavlat notijorat tashkilotlarining rahbarlari, siyosiy partiyalarning vakillari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-158-sonli ” O‘zbekiston-2030″ strategiyasi haqida”gi Farmoni mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka tushuntirishga bag‘ishlangan targ‘ibot-tashviqot tadbiri o‘tkazildi.
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasining maqsadlari va samaradorlik ko‘rsatkichlari qabul qilish va tushunish uchun qulay shaklda ifodalangan bo‘lib, unda 5 ta yo‘nalish bo‘yicha 100 ta maqsad bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar ishtirokchilarga yetkazildi.


Tadbirda ishtirokchilar tomonidan bir nechta takliflar berildi va ulardan fikr-mulohazalari olindi. Shundan “O‘zbekiston–2030” strategiyasini amalga oshirishda fuqarolik jamiyati institutlarining roli va ahamiyati, ayniqsa, mas’ul idoralar tomonidan yuklatilgan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan jamoatchilik monitoringi va jamoatchilik nazorati kabi tadbirlarni tashkil etish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan maqsadlarni to‘laqonli amalga oshirishda barchamizdan mustahkam iroda va qat’iy intizom, bor imkoniyatlarni to‘la safarbar qilish talab etiladi. Albatta, bunda har birimiz faol bo‘lishimiz, bir kuch, bir qudrat bo‘lib, Yangi O‘zbekistonni barpo etishda o‘z hissamizni qo‘shishimiz lozim.
Tadbirda strategiyani amalga oshirishda fuqarolik jamiyati institutlarining roli va ahamiyati, ayniqsa, mas’ul idoralar tomonidan yuklatilgan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan jamoatchilik monitoringi va jamoatchilik nazorati kabi tadbirlarni tashkil etish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Tadbir so‘ngida Yangi O‘zbekiston-2030 strategiyasi ijrosini ta’minlashda barcha birdek mas’ul ekanligi va belgilangan maqsadlarga bu boradagi sa’y-harkatlarni birlashtirish orqaligina erishish mumkinligi haqida xulosa qilindi.

Islom Mengliyev

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mahallalar “Taraqqiyot va yetakchilik maskani”ga aylantiriladi

"Taraqqiyot va yetakchilik maskani" dasturi doirasida mahallalar infratuzilmasini yaxshilash,...

Denovdagi harbiy qismda…

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda...

Migratsiya: huquq va manfaatlar ta’minlanadi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahrida Tashqi mehnat...

Yo‘l qurilishiga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida Muzrabot tumanida muhim...
KunTun
KunTun