Bahodirlar bellashdi

Date:

Ertak va afsonalar orqali uch og‘a-ini botirlar yoki uch bahodirlar nomi bilan mashhur qahramonlarning sarguzashtlari, ularning boshidan kechirgan sinovlar va bahodirliklaridan xabardormiz. Bugungi kunda ham, jamiyat hayotimizda ana shunday qahramonlar borki, ular vatanimizni, sarhadlarimizni munosib himoya qilib kelishmoqda. Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugning Kakaydi garnizonida joylashgan harbiy qismda bo‘linmalar o‘rtasida “Bahodirlar sport o‘yini” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Unda bahodirlar 5 ta shart bo‘yicha maydonga tushib, polvonlik mahoratlarini sinovdan o‘tkazishdi. Dastlabki shartlarda ular 32 kilogramlik tosh va 50 kilogramm og‘irlikdagi shtanga bilan mashqlarni bajargan bo‘lsa, keyingi shartlarda og‘ir yuk mashinasining 150 kilogramga teng balonini ma’lum masofa oralig‘ida ko‘tarib borish va 50 kilogramlik yukni 20 metr masofaga chaqqonlik bilan yetkazish kabi mashqlarni bajarishdi.
Ayniqsa, ISUZU rusumli harbiy avtomashinani (jami 4 tonna 825 kg og‘irlik) arqon yordamida tortib, joyidan uzoqlashtirish mashqi harbiy xizmatchilardan mustahkam iroda talab qildi.
Musobaqa so‘nggida g‘olib va sovrindorlar qimmatbaho sovg‘a hamda diplom bilan taqdirlandilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelajak shifokorlari qasamyod qildi

Surxondaryo san’at saroyida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot...

Amaliy–nazariy mashg‘ulot o‘tkazildi

TDMAU Mexanika fakultetida yo‘l harakati xavfsizligi masalalariga bag‘ishlangan amaliy–nazariy...

Yangi yil yarmarkasi tashkil etildi

Sherobod tumanida Yangi yil arafasida aholiga qulaylik yaratish va...

96 million dollarlik loyiha boshlandi

Termiz tumanida Xitoyning Anhui Wende Holding Group kompaniyasi bilan...
KunTun
KunTun