“Bandlik dasturlari” ijrosi monitoring qilindi

Date:

Mahallalarda o‘z ishini olib borayotgan hokim yordamchilariga katta vakolatlar berildi. Maqsad esa bitta — aholining bandligini ta’minlash, mahallada ishbilarmonlik muhitini shakllantirish. Turgan gapki, bu imkoniyatlardan kelib chiqib joylarda qanday ishlar amalga oshirilyapti, ishonch o‘zini oqlayaptimi? Ana shu jihatlarni nazorat qilish, yo‘naltirilayotgan mablag‘lar sarfini tekshirish hokim yordamchilarining ham, imtiyozdan foydalanayotgan fuqarolarning ham mas’uliyatini oshiradi.
Shu maqsadda Muzrabot tuman hokim o‘rinbosari Sh.Azimov hamda tuman yoshlar ishlari agentligi bo‘lim boshlig‘i Z.Safarov, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi hamkorligida monitoring qilindi. Tumanning “Yurtim jamoli” mahallasida yashovchi fuqaro Sh.Ochilov tadbirkorlik faoliyatini boshlashi uchun yoshlar yetakchisi va hokim yordamchisi tavsiyasi asosida 33 million so‘m kredit olib, mototransport xarid qilgan va shu orqali doimiy daromad qilib kelmoqda.
Bundan tashqari, Muyassar Oqmurodova ham oilaviy tadbirkorlik bilan shugʻullanib, bankdan olgan 15 million soʻm kredit mablag‘i asosida qoʻziqorin yetishtirib kelmoqda. Tadbirkor ayolning qoʻziqorindan kutilayotgan daromadi 8 million soʻm boʻlib, bir yilda 5 marta hosil oladi. Bu bir yilda 50 million soʻmga yaqin daromad qilishi mumkin degani.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelajak shifokorlari qasamyod qildi

Surxondaryo san’at saroyida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot...

Amaliy–nazariy mashg‘ulot o‘tkazildi

TDMAU Mexanika fakultetida yo‘l harakati xavfsizligi masalalariga bag‘ishlangan amaliy–nazariy...

Yangi yil yarmarkasi tashkil etildi

Sherobod tumanida Yangi yil arafasida aholiga qulaylik yaratish va...

96 million dollarlik loyiha boshlandi

Termiz tumanida Xitoyning Anhui Wende Holding Group kompaniyasi bilan...
KunTun
KunTun