Tun qorong‘usiga yashiringan huquqbuzarlik

Date:

Kattalar yoshlarga o‘rnak bo‘lishi kerak. Oiladagilarning yurish-turishi, qilgan ishlarini ko‘rib ulg‘ayadigan bola, albatta, o‘zida shu jihatlarni istaydimi-yo‘qmi singdiradi. Shunday ekan, biz kattalar farzandlarimizga hislatlarimiz bilan namuna bo‘laylik. Sho‘rchilik fuqaro esa tamoman aksini qildi. U xonadonidan chiqqan maishiy chiqindilarni belgilanmagan joylarga to‘kib, shu tariqa uyini obod qilmoqchi bo‘ldi. Yaxshiyamki, Sho‘rchi tuman Ekologiya bo‘limi davlat inspektorlari tomonidan tuman hududida tungi reyd tadbirlari o‘tkazilayotgan edi. Buni qarangki, tun qorong‘usiga yashiringan huquqbuzarlik tadbir davomida ochiqlanib qoldi.
Darhol fuqaroning shaxsiga oydinlik kiritilib, unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJTKning 91pr2-moddasiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Ha, fuqaro endi bunday xatti-harakat qilmasligi, tegishlli xulosa chiqarishi uchun jarima to‘laydi. Xolbuki, bu mablag‘ni oilasiga, ro‘zg‘orining kam-ko‘stiga sarflashi ham mumkin edi. Qolaversa, bunday huquqbuzarlikni ko‘rib ulg‘ayayotgan farzandlar oila boshilarning qay jihatini ozida aks ettirisharkina-a?..

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun