SOVRINDORLAR TAQDIRLANDI

Date:

She’rga qolipga solingan, qofiya va vaznga rioya qilingan satrlardan iborat deya ta’rif beriladi. Yoshmi, yoshi ulug‘mi har bir ijodkor ana shu qonuniyatlar asosida qog‘oz qoralaydi. Ammo, she’rdagi ma’no-mazmun, tuyg‘ular, kechinmalar tizginsiz. Ularni hech qanday qolipga solib bo‘lmaydi. Aks holda uning nomini she’r deya atamasdik. Shuning uchun ham she’r yozmoqlik ko‘ngil ishi. Uni hamma ham udda qila olmaydi. Angorlik bir guruh ijodkorlar ham qo‘liga qalam tutib, she’r bitishni odat qilishgan.
Ular Rossiyaning Gersen universiteti tomonidan e’lon qilingan onlayn she’rlar tanlovida ishtirok etib, ijodlariga munosib bahoni olishmoqchi bo‘lishdi. Natijlar e’lon qilinib, Angor tumanidagi 6- hamda 41-umumta’lim maktablarining 10-sinf o‘quvchilari Javohir Xurramov hamda Sardor To‘rayevlarning she’rlari faxrli 2- va 3-o‘rinlarga munosib ko‘rildi. Sovrindorlar uchun universitetning maxsus sovg‘alari Surxondaryo viloyatiga yetib kelib, g‘oliblar ko‘nglini xushnud ayladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

TerDU talabalari — finalda!

Termiz davlat universiteti talabalari “Talabalar teatr studiyalari” festivalining Samarqandda...

Samarqand-u Buxoroga sayohat

Angor tumanida ichki turizmni rivojlantirish hamda yurtimizning boy tarixiy-madaniy...

Do‘ppi chelenji o‘tkazildi

Angor tumanida milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va yoshlar orasida milliy...

Mini GES ishga tushdi

Oltinsoy tumanida energiya samaradorligini oshirish va aholini elektr ta’minoti...
KunTun
KunTun