Surxondaryo delegatsiyasi Rossiyada

Date:

Davlatlararo bo‘ladigan xalqaro aloqa va hamkorlik iqtisodiy sohani rivojlantirish bilan birga, ko‘plab istibolli loyihalarni amaliyotga tatbiq etishga xizmat qiladi. Shu maqsadda yurtimizda ham qator davlatlar bilan ana shunday savdo va hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan. Navbatdagisi Rossiya Federatsiyasi bo‘ldi. Rossiya Federatsiyasi Tatariston Respublikasi poytaxti Qozon shahrida “O‘zbekiston–Rossiya hududlararo hamkorlik bo‘yicha III forumi” bo‘lib o‘tdi. Unda respublikamizning bir qator hududlari, jumladan, Surxondaryo viloyati delegatsiyasi ham ishtirok etdi.


Forum O‘zbekiston va Rossiya hududlari o‘rtasidagi amaliy hamkorlik, iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni kengaytirish, yangi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish maqsadida ikki davlat hududlari rahbarlari, ishbilarmon doira vakillari ishtirokida o‘tkazildi. Tashrif davomida Surxondaryo viloyati delegatsiyasining qator yirik kompaniyalar faoliyati, ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishuvi hamda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalarida ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirilgan.
Surxondaryo viloyati hokimligi hamda Tatariston Respublikasi hukumati o‘rtasida hamkorlik kelishuvi imzolandi. Viloyatimiz delegatsiyasining Rossiya Federatsiyasiga tashrifi davom etmoqda.

Oldingi sahifaSOVRINDORLAR TAQDIRLANDI
Keyingi sahifaTarbiya

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun