Raqibini 1-raundda nokaut qildi

Date:

Bahodir Jalolov deganda bugunning qahramoni, yengilmas alp o‘g‘lon ko‘z o‘ngimizda gavdalanadi. U haqida tayyorlanadigan ko‘rsatuv-u maqolalarda sportchining hali yengilmagani, qolaversa, birinchi raunddayoq raqibini nokaud holatiga keltirishi biroz mubolag‘adek tuyilishi aniq. Ammo, sportda aldov, bo‘rttirish bo‘lmaydi. Aks holda, aldovning baribir misi chiqadi.
Bu fikrlar esa Bahodirga yot tushuncha. Negaki, boks bo‘yicha Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni Bahodir Jalolov Osiyo o‘yinlarining finaliga yo‘l oldi. Eng og‘ir (+92 kg) vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilib, yarim finalda xitoylik Bayikevuzi Danabiekeni 1-raunddayoq nokautga uchratdi va 5-oktyabr kuni oltin medal uchun jang qiladigan bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qo‘shma loyihalar ishga tushdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon...

Asbob-uskunalar topshirildi

Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka yo‘naltirish...

Ijtimoiy xizmatlar sifati oshirilmoqda

Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov tumandagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar...

Termizda xalqaro biznes-forum

Termiz shahridagi Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida Surxondaryo...
KunTun
KunTun