Surxondaryolik paxtakorlar zafar quchdi

Date:

Janubiy voha bo‘lmish Surxondaryo viloyati o‘z nomi bilan aytganidek quyoshli hudud. Bu ekin-tikinni rivoj topib o‘sishiga, mo‘l hosil olinishiga ham xizmat qiladi. Buni surxondaryolik paxtakorlarimizning mamlakatimizda birinchi bo‘lib, joriy yilgi paxta topshirish shartnomaviy rejasini ortig‘i bilan bajarganidan ham ko‘rish mumkin bo‘ldi.
Paxtachilik uchun ob-havo noqulay kelgan va suv taqchilligi kuzatilgan yil bo‘lganiga qaramay, dehqonlarimizning omilkorlik bilan qilgan mehnati evaziga mo‘l hosil to‘plandi. Paxta yig‘im-terimini uyushqoqlik bilan amalga oshirish uchun 1 ming 529 ta otryad tuzilib, 167 ming nafardan ziyod terimchi, 1 ming 180 ta traktor va 1 ming 983 ta tirkama jalb etildi. Shartnomaviy reja 30 kunda ortig‘i bilan uddalandi. Joriy yil viloyatda 12 ta paxtachilik–to‘qimachilik klasteri va ikki ming 96 fermer xo‘jaligi 72 ming 270 gektar maydonda mahalliy iqlimga mos, ertapishar “Buxoro-102”, “Buxoro-108”, “Buxoro-110”, “Namangan-77”, “Sulton” kabi ertapishar va “Termiz-202”, “SP-1607”, “ST-1651” singari ingichka tolali g‘o‘za navlarini parvarishladi.
Qabul punktlariga 268 ming tonnadan ziyod xomashyo topshirildi. Shu munosabat bilan Termiz tumanidagi “Al-Hakim At-Termiziy” majmuasida bo‘lib o‘tgan tantanali tadbirda vohaning ilg‘or klaster, fermer xo‘jaliklari, soha fidoyilari va faxriylari ishtirok etdi. Tantanali tadbirda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, paxta rejasini bajarishga munosib ulush qo‘shgan klaster va fermer xo‘jaliklari rahbarlari, mutasaddilar, mexanizator, suvchi va terimchilarga o‘z minnatdorligini bildirib, ilg‘or sektorlar, klaster va fermer xo‘jaliklari rahbarlari, shuningdek, yig‘im-terim mavsumida faol ishtirok etgan mutasaddilarga viloyat hokimining faxriy yorliq va esdalik sovg‘alarini topshirdi.
Viloyatda paxta yig‘im-terimi qizg‘in davom etmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

BEPUL DORI-DARMON VA TIBBIY XIZMAT SIFATI NAZORATDA

Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va ehtiyojmand fuqarolarni bepul...

PEDAGOGLAR FARZANDLARIGA KONTRAKT UCHUN 30 FOIZ CHEGIRMA

Pedagoglarning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishini kuchaytirish maqsadida ularning farzandlari uchun oliy...

ZO‘RAVONLIK UCHUN JAVOBGARLIK KUCHAYTIRILDI

Voyaga yetmaganlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ta’lim muhitida...

Hayot uchun joy ajrating!

Termiz shahridagi “Amudaryo” oromgohi va “Guliston” MFY hududida “World...
KunTun
KunTun