Termizda “Zakovat” o‘yinlari start oldi

Date:

Yoshlarning bilimini sinovdan o‘tkazib, aql-u zakovatiga munosib baho berish maqsadida “Besh tashabbus” olimpiadasi doirasida “Zakovat” intellektual o‘yinining ko‘chalararo yoshlar o‘rtasida mahalla bosqichi bo‘lib o‘tdi. Termiz shahri “Shodlik” mahallasidagi 16-30 yosh toifasida 196 nafar yosh “#5tashabbus_uz” sayti orqali elektron ro‘yxatdan o‘tib, 102 nafar o‘g‘il-qiz tanlovning mahalla bosqichida ishtirok etdi. O‘yin Yoshlar markazida tashkil etildi.
Avvaliga o‘yin shartlari, qoidalar tushuntirib o‘tildi. Shundan so‘ng, savollar o‘qilib, javoblar muhokamasi uchun vaqt berildi. Aytish kerakki, jamoalar o‘z bilim va mahoratlarini ishga solib, savolni mushohada qilgan holda to‘g‘ri javobni topishga harakat qildilar. O‘yin jarayonini kuzatish tomoshabinlarga zavq-shavq ulashdi.
G‘olib jamoalar esa diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi hamda tanlovning sektor bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

KITOB — ENG BUYUK MOʻJIZADIR

     Bugungi axborot texnologiyalari asrida smartfon va internet hayotimizni...

G‘olib sayohatga chiqadi

Hukumat qarori bilan ta’lim va sport yo‘nalishlari bo‘yicha fan...

Steviyadan daromad

Sho‘rchi tumanining "Baxshtepa" mahallasida yashovchi Hikmatilla Allayorov tomorqasidan samarali...

Yangi uylar muddatida topshiriladi

Sariosiyo tumanida aholini zamonaviy va qulay uy-joylar bilan ta’minlashga...
KunTun
KunTun