Qadriyatlar qadr topdi

Date:

Beshikda orom olayotgan go‘dak ona allasiga mast bo‘lib orom oladi. Ha aytgancha, bolani beshikka belash ham, milliy kuy-qo‘shiqlarimiz ham milliy qadriyat tusini olib, avlodlardan-avlodlarga meros, an’ana misol o‘tib kelmoqda. Ha, baxshining do‘mbira chertib, aytayotgan doston-u aytimlari ham ana shunday qadrli, quloqqa yaqin va dilrabo. Biz esa milliy qadriyatlarimizni qadrlab, e’zozlab keladigan, avlodlarga to‘la-to‘kis yetkazadigan xalqmiz. Ayni jihatlarni davom ettirish maqsadida Sho‘rchi tumanidagi “Xushchekka” mahallasida “Milliy qadriyatlar – millat ma’naviyatimizning ko‘zgusi” mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Albatta, xalqimizning asrlardan-asrlarga o‘tib kelayotgan milliy qadriyatlarining ildizi uzoq tarixga borib taqaladi. Asrlar silsilasidan omon o‘tib, shakllanib, sayqallanib borgan qadriyatlarimiz, vatanga muhabbat, ajdodlar xotirasiga sadoqat, kattalarga doimiy hurmat ko‘rsatish kabi ezgu fazilatlarni qalbimizga jo etishga xizmat qiladi. Tadbir davomida ana shunday qadriyatlarimiz qadr topdi. Baxtiyor baxshi Ortiqov tomonidan termalar aytildi.
Qolaversa, yoshlarni kitobga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, kitobxonlikni keng targ‘ib etish maqsadida mahalla yoshlariga badiiy kitoblar sovg‘a qilindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kredit to‘lovi yechilgach, kartada 680 ming so‘m qolishi shart

Markaziy bankning Nizomiga kiritilgan yangi talabga ko‘ra, kredit yoki...

Kamchiliklar muhokamada

Sherobod tumani IIBda 2026-yilning 9 oylik faoliyati yakunlari tanqidiy...

«Baxt ostonasi: Mustahkam oilaning oltin qoidalari»

Sho‘rchi tumanida yosh kelin-kuyovlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilalarda sog‘lom...

Natija quvonarli

Termiz shahrida 20 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida gandbol bo‘yicha...
KunTun
KunTun