Kitobxon o‘quvchilar bahsi

Date:

Mutolaa zavqi-yu foydasini bilganlar, kitobga oshno tutinishgan. Ilm-u ma’rifat, ma’naviyat bulog‘idan bahramand bo‘lib, ong-u shuurini ana shunday nur bilan nurafshon etishayotir. Kitobxonlar safini kengaytirish maqsadida yurtimizda kitobxonlik festivallari, tanlovlari, adabiy-badiiy uchrashuv va kechalar, tadbirlar o‘tkazilib, ular munosib rag‘batlantirilib ham kelinmoqda.
Surxondaryo viloyatida “Kitobxonlik festivali” o‘tkazilishi munosabati bilan viloyat Bolalar kutubxonasida “Eng faol kitobxon o‘quvchi” tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi. Tanlovda viloyatning barcha umumta’lim maktablaridan kitobxon yoshlar ishtirok etdi.
Tanlov bir necha soat davom etgan bo‘lsa-da, tomoshabinlar uchun darrov yakunlanib qolgandek bo‘ldi. Sababi, bir-biridan ajoyib, o‘qishli asarlar bahsi, munozarasi, asarlar tahlili va taassurotlarni tinglash maroqli bo‘ldi.
Tanlovda Qiziriq tumani 19-umumta’lim maktabining 10-sinf Dilnura O‘rolova 3-, Qumqo‘rg‘on tumani 3-umumta’lim maktabining 8-sinf o‘quvchisi Sabina Primqulova 2-o‘rinni egalladi. Muzrabot tumani 8-umumta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi Mahliyo Abdurahmonova esa faxrli 1-o‘ringa munosib ko‘rildi.
G‘oliblar “Kitobxonlik festivali”da taqdirlanadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Shinjon delegatsiyasi TerDUda

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va...

Talabalar insho yozdi

21-oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan Termiz...

Kitoblar jamlanmalari topshirildi

Bugun Termiz davlat pedagogika institutida Termiz tumani hokimligi bilan...

“Qadring baland bo‘lsin, Ona tilim!”

Til — millat ma’naviyatining mezoni, uning tarixiy xotirasi va...
KunTun
KunTun