Bolajonlarga zavq ulashib…

Date:

Yov so‘ramay keladi deyishadi. Haqiqatan ham baxtsiz hodisalarda, yer qimirlasa, yong‘in chiqsa, vahimaga tushamiz-da, nima qilishni, qanday yo‘l tutishni bilmay qolamiz. Yurtimizda 2023-yil 1-sentyabrdan boshlab “Yong‘indan ogohlik” umummilliy kompaniyasi amalga oshirilmoqda. Shu sababli Sariosiyo tuman FVB xodimlari tomonidan Sariosiyo tumanidagi 17-maktabgacha ta’limi tashkilotida yong‘inlarning oldini olish va yong‘in sodir bo‘lgan vaqtda qanday harakat qilish yuzasidan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida tashkilot xodimlari tomonidan yong‘in xavfsizligiga rioya etish hamda yong‘in chiqqanida qanday harakat qilish yuzasidan maslahatlar va ko‘rsatmalar berildi. Yong‘in chiqqanda qanday yo‘l tutishni bilib olgan bolajonlar tadbirdan so‘ng yong‘in xavfsizligi sohasiga oid rang-barang rasmlar bo‘yashga tutindilar.

Oldingi sahifaQari qiz
Keyingi sahifaKitobxon o‘quvchilar bahsi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kredit to‘lovi yechilgach, kartada 680 ming so‘m qolishi shart

Markaziy bankning Nizomiga kiritilgan yangi talabga ko‘ra, kredit yoki...

Kamchiliklar muhokamada

Sherobod tumani IIBda 2026-yilning 9 oylik faoliyati yakunlari tanqidiy...

«Baxt ostonasi: Mustahkam oilaning oltin qoidalari»

Sho‘rchi tumanida yosh kelin-kuyovlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilalarda sog‘lom...

Natija quvonarli

Termiz shahrida 20 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida gandbol bo‘yicha...
KunTun
KunTun