Muammolar o‘rganildi

Date:

Ish bor joyda raqobat, o‘sish, rivojlanish bilan bir qatorda kamchilik va muammolar ham bo‘ladi. Maqsad esa har qanday muammoni bartaraf etib, kamchiliklarni to‘ldirish talab etiladi. Shu ma’noda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahri va Termiz tumanida bo‘lib, sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishdi va ularning mavjud muammolarini o‘rgandi.
Aytish kerakki, Termiz shahridagi “Oravit Keramik” MChJning keramika, “Imperiya demis” xususiy korxonasining gazabeton, “Saodoatbonu Aziza Termiz” xususiy korxonasining qurilish ishlarini moliyalashtirish hamda Termiz tumanidagi “Surxon Termiz sharq” xususiy korxonasining gazablok, “Surxon keramiks” MChJning keramika, “Movaraunnaxr Surxon” MChJning temir beton mahsulotlari ishlab chiqarish loyihalaridagi ish jarayonlari bilan tanishildi. Ish unumdorligiga to‘sqinlik qilayotgan masalalar esa mutasaddilar ishtirokida o‘rganildi.
Mas’ullarga tadbirkorlar bilan hamkorlikda ishlab, yuzaga kelgan kreditor qarzdorliklarini o‘rganish, muammolarni bartaraf etishga ko‘maklashish, loyihalarning to‘liq quvvatda ishlashini ta’minlash choralarini ko‘rish, shuningdek, energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash vazifalari topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kredit to‘lovi yechilgach, kartada 680 ming so‘m qolishi shart

Markaziy bankning Nizomiga kiritilgan yangi talabga ko‘ra, kredit yoki...

Kamchiliklar muhokamada

Sherobod tumani IIBda 2026-yilning 9 oylik faoliyati yakunlari tanqidiy...

«Baxt ostonasi: Mustahkam oilaning oltin qoidalari»

Sho‘rchi tumanida yosh kelin-kuyovlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilalarda sog‘lom...

Natija quvonarli

Termiz shahrida 20 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida gandbol bo‘yicha...
KunTun
KunTun