Mahorat

Date:

Nafaqaga chiqqan o‘qituvchining o‘rniga boshqa muallima sinfga kirdi. Dars o‘tishni boshladi. O‘quvchilarning biriga savol bergandi, sinfdagi boshqa barcha o‘quvchilar kulib yuborishdi. O‘qituvchi hayron bo‘ldi. O‘quvchilardan so‘rab, o‘rinsiz kulguning siriga yetdi. Sabab: sinfda hamma aqlan zaif, savodsiz deb hisoblaydigan o‘quvchiga savol bergani ekan.
Dars tugagandan so‘ng o‘qituvchi o‘sha o‘quvchini yonida olib qoldi va unga ikki qator baytni berib:
— Buni ismingni yodlagandek yodlab kel va hech kimga aytma, — dedi.
Keyingi darsda muallima o‘sha ikki qator she’rni yozuv taxtasiga yozib, uning ma’nosini tushuntirdi va o‘chirdi. Shundan so‘ng o‘quvchilarga yuzlanib:
— Kim hozirgi she’rni yodlab qoldi, — deb so‘radi. Hech kim churq etmadi.
Faqat o‘sha “ikkichi” o‘quvchi ming hayajon, ikkilanish bilan qo‘l ko‘tardi va she’rni yoddan aytib berdi.
Ustoz uni ko‘p maqtadi, boshqalar o‘rnak olishini aytdi. O‘quvchilar bu holatdan hayratga tushar, kimdir kecha kulgani uchun xijolat bo‘lar edi. Bu hol hafta mobaynida davom etdi. O‘quvchilarning bu o‘quvchi borasidagi fikrlari o‘zgarib bordi. Bolaning ruhiy holati ham ijobiy tomonga burilish yasadi. O‘quvchida o‘ziga bo‘lgan ishonch uyg‘ondi. Avvalgi o‘qituvchi hisoblagandek axmoq emasligini angladi. O‘quvchilar bilan ilmda musobaqa qila olishini, o‘z ustida ishlasa, a’lochi bo‘la olishini tushundi. Shundan so‘ng, nafaqat ushbu fandan, boshqalaridan ham yaxshi baholar ola boshladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yo‘l bo‘ylariga chiqindi qutilari o‘rnatilmoqda

Davlat ahamiyatidagi D-167 avtomobil yo‘lining Bandixon tumaniga kirish qismidan...

Reabilitatsiya markazida 130 o‘rinli xizmatlar yo‘lga qo‘yilgan

Surxondaryo viloyati nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash...

MASHAQQATLI MEHNAT VA BAXT NASHIDASI

Bu bitigimiz 94 yoshli Aliqul bobo Tosh o‘g‘li va...

Qumqo‘rg‘onda raqamli xizmatlar markazi ish boshladi

Qumqo‘rg‘on tumanida aholiga zamonaviy axborot texnologiyalari va raqamli xizmatlarni...
KunTun
KunTun