Angorda yo‘llar ta’mirlanmoqda

Date:

Yo‘limiz ravon bo‘lsa, manzilga zumda yetib boramiz. Bugungi kunda boshqa sohalar qatori yo‘lsozlikka ham katta e’tibor qaratilgan. Baysi hududga bormaylik, chekka va olis qishloq va ovullar bo‘ladimi, ichki yo‘llarigacha toshlanib, asfaltlanayotir. Albatta, amalga oshirilayotgan bunday ishlardan mahalliy aholining quvonchi cheksiz.
Ana shunday ishlar Angor tumanida ham davom etdi. Tumandagi 4K-603 “Angor-Navshahar temir yo‘l stansiyasi”ga olib boruvchi avtomobil yo‘lini ta’mirlash ishlari davom etmoqda. Yo‘lning umumiy uzunligi 10 kilometr bo‘lib, bugungi kunda yoʻlning 9-10 kilometr oraligʻida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Bu yoʻl Chinobod, Navshahar va Do‘stlik mahallalarini tuman markazi bilan bog‘lashga xizmat qiladi.
Angor tumani hokimi Qosim Mardonov, tuman prokurori Sirojiddin Ramazonov hamda mas’ullar olib borilayotgan ishlarni nazorat qildi va ta’mirlash ishlarini o‘z vaqtida sifatli yakunlash bo‘yicha kerakli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Oldingi sahifa“Qo‘rquv”
Keyingi sahifaSurxondaryoda ilk bor…

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kredit to‘lovi yechilgach, kartada 680 ming so‘m qolishi shart

Markaziy bankning Nizomiga kiritilgan yangi talabga ko‘ra, kredit yoki...

Kamchiliklar muhokamada

Sherobod tumani IIBda 2026-yilning 9 oylik faoliyati yakunlari tanqidiy...

«Baxt ostonasi: Mustahkam oilaning oltin qoidalari»

Sho‘rchi tumanida yosh kelin-kuyovlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilalarda sog‘lom...

Natija quvonarli

Termiz shahrida 20 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida gandbol bo‘yicha...
KunTun
KunTun