Yuzlar ichra birinchi

Date:

Sportning badiiy gimnastika turi bo‘yicha Qozog‘iston Respublikasining Aktau shahrida VENERA CUP xalqaro turniri boʻlib oʻtdi. O‘zbekiston, Tojikiston, Qozog‘iston, Isroil va Rossiya Federatsiyasidan kelgan 100 nafardan ortiq sportchi qizlar ishtirokida oʻzaro bellashuvlar qizg‘in tus oldi. Ana shunday chiqishlarda Sariosiyo tumanidan ham vakillar ishtirok etgani quvonchli hodisadir.
Ushbu nafis sport turini o‘z harakatlari ila go‘zalligini ochib bera olgan sariosiyolik Rayhona Rahimova yuzlar ichra yagona deya e’tirof etildi va birinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, oltin medal sohibiga aylandi. Ha aytgancha, Rayhonaning sherigi Dilnura Imomova ham bo‘sh kelmadi, 2-oʻrinni band etib, kumush medal bilan kifoyalandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yosh olimlar qoʻllab-quvvatlovda

Prezident farmoniga ko‘ra, ilmiy daraja olish tizimi yanada soddalashtiriladi...

“Afrosiyob”da xavfsiz muhit yaratildi

Sariosiyo tumanidagi "Afrosiyob" mahallasida yangi zamonaviy mahalla binosi foydalanishga...

Xalqaro hamkorlik yangi bosqichda

Termiz shahri va Belarusning Polosk shahri o‘rtasida hamkorlikni yanada...

Bandixonda erkin iqtisodiy zona barpo etiladi

Bandixon tumanida barpo etilayotgan “Termiz” erkin iqtisodiy zonasining filiali...
KunTun
KunTun