Boy-buloq g‘ori rekordni yangiladi

Date:

Eng baland cho‘qqi, eng katta orol kabi eng, eng… kabi jumlalar bilan boshlanuvchi ta’riflarni endi Surxondaryo viloyatidagi Boy-buloq g‘ori bilan ham bog‘lasak bo‘ladi. Chunki, ushbu g‘orning yanada chuqur ekani aniqlandi, ya’ni u Osiyodagi eng chuqur g‘or hisoblanadi.
Buni 2023-yil 20-avgust kuni Boy-Buloq g‘origa uyushtirilgan xalqaro speleologik ekspeditsiya orqali aniqlash mumkin bo‘ldi. Natijada ekspeditsiya Osiyoda navbatdagi rekord darajadagi chuqurlik kashf etilishi bilan yakunlandi.
Qayd qilinishicha, Vadim Loginov boshchiligidagi Rossiya, Chexiya va Tayvandan kelgan 33 nafar speleologdan iborat ekspeditsiya g‘orning chuqurligi 1517 metr, uzunligi esa 17 kilometr ekanini aniqlagan. Ammo, bu hali chegara degani emas, chunki g‘or davom etmoqda. Afsuski, ekspeditsiya muddati tugagani sababli keyingi tadqiqotlar to‘xtatilgan. Avvalgi ko‘rsatkich 1430 metr va 15,2 kilometr edi.
Boy-Buloq Boysun shahridan 60 kilometr uzoqlikda joylashgan. Bugungi kunda g‘or chuqurligi bo‘yicha dunyoda 12-o‘rinda turadi. Rekord chuqurlikka erishish uchun Boy-Buloq g‘orida kelgusi yilda ham tadqiqotlarni davom ettirish reja qilingan.

Oldingi sahifaREJA BAJARILDI
Keyingi sahifaKitob taqdimoti

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Imtiyozlar imkoniyat yaratadi

Surxondaryo viloyatida Prezidentning kichik biznesni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi farmoni...

Narkotik savdosining oldi olindi

“Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasida o‘tkazilgan tezkor...

Nazorat kuchaytirildi

Surxondaryo viloyatida ekologiya va chegara qo‘shinlari hamkorligida o‘tkazilgan reyd...

O‘ziga ishonchi ortdi

Termiz shahridagi voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida tarbiyalanayotgan...
KunTun
KunTun