Yoshlarga e’tibor – kelajakka e’tibor

Date:

Bugungi yoshlarimiz har sohada o‘z iqtidorlarini namoyish etib, rag‘batlantirilib, e’tiborga tushib, e’tirof etilib kelinmoqda. Ular orasida ilm-u fanga qiziqadiganlar, IT sohasiga qiziqib, dasturlar yaratayotganlar, yosh shoir-u yozuvchilar, sohir mo‘yqalam sohib va sohibalari ham bor.
Sherobod tumanidagi 38-umumta’lim matabining 8-sinf o‘quvchisi Asadbek Xudoyberdiyev ham ana shunday iste’dodlarning biri. Qo‘liga mo‘yqalam tutsa, nigohi tushgan tasvirni oqqa ko‘chirmasdan qo‘ymaydi. Ko‘chirganda ham aslidagidek, jonli tasvirlaydi. Rang tanlashda ham yosh rassomning mahoratiga qoyil qolasiz.
Asadbek “Eng ulug‘, eng aziz” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichiga ham ana shunday suratlari bilan ishtirok etdi va g‘olib bo‘ldi. Hakamlarning e’tirofiga sazovor bo‘lib, “Iste’dod” oltin medali bilan taqdirlandi. Shuningdek, Asadbek Xudoyberdiyevga 10 million so‘m pul mablag‘i, qimmatbaho sovg‘alar hamda kitoblar jamlanmasi taqdim etildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

KITOB — ENG BUYUK MOʻJIZADIR

     Bugungi axborot texnologiyalari asrida smartfon va internet hayotimizni...

G‘olib sayohatga chiqadi

Hukumat qarori bilan ta’lim va sport yo‘nalishlari bo‘yicha fan...

Steviyadan daromad

Sho‘rchi tumanining "Baxshtepa" mahallasida yashovchi Hikmatilla Allayorov tomorqasidan samarali...

Yangi uylar muddatida topshiriladi

Sariosiyo tumanida aholini zamonaviy va qulay uy-joylar bilan ta’minlashga...
KunTun
KunTun