Ishsizlikdan tadbirkorlikkacha

Date:

Bugun ayollarni ishlamasdan uyda o‘tirishi kerak degan qarashlar o‘zgardi. Sababi ayollar ham jamiyatning faol a’zosi bo‘la olishadi. Xolbuki, “qo‘limda hech qanday hunarim yo‘q” deb o‘tirish zamoni emas bu zamon. Shunchaki qiziqish va ishtiyoq bo‘lsa, kifoya. Har bir xotin-qiz, har bir yosh munosib qo‘llab-quvvatlovda bo‘ladi.
Mamlakatimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yaxshilash, ularning tadbirkorlik faolligini oshirish, kasbga o‘qitish va bandligini ta’minlash borasidagi ishlar esa fikrimiz isboti bo‘la oladi. Ishsiz, qo‘lida hunari yo‘q, ammo kasb-hunar o‘rganishga ishtiyoqi baland xotin-qizlar Surxondaryo viloyati xotin-qizlar tadbirkorlik markazi tomonidan tashkil etilgan o‘quv kurslarida o‘qitildi. Kasb-hunar o‘rganishdi.
Mustaqilligimizning 32 yilligi munosabati bilan bugun, Yoshlar markazida 60 soatlik o‘quv kursini tamomlagan xotin-qizlarga sertifikat topshirish marosimi o‘tkazildi. Tadbir davomida tuman IIB boshlig‘i O‘.Shukurov, tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi hamda o‘quv markazi mas’ullari tomonidan “Kattabog‘”, “Xo‘jaqiya-1”, “Nurtepa” mahallalarida istiqomat qiluvchi “Ayollar daftari”ning birinchi toifasidagi xotin-qizlarga sertifikatlar topshirildi.
Aytish joizki, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Temir daftar”ga kiritilgan xotin-qizlarni mazkur markaz tomonidan o‘qitish ishlari to‘liq bepul amalga oshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Imtiyozlar imkoniyat yaratadi

Surxondaryo viloyatida Prezidentning kichik biznesni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi farmoni...

Narkotik savdosining oldi olindi

“Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasida o‘tkazilgan tezkor...

Nazorat kuchaytirildi

Surxondaryo viloyatida ekologiya va chegara qo‘shinlari hamkorligida o‘tkazilgan reyd...

O‘ziga ishonchi ortdi

Termiz shahridagi voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida tarbiyalanayotgan...
KunTun
KunTun