Qumqo‘rg‘onda paxta yig‘im-terimi boshlandi

Date:

Sidqidildan qilingan mehnat, albatta, o‘zining shirin mevasini beradi. Ayni shunday bugun dalalarda bobo dehqon va fermerlarimizning mashaqqatli mehnati o‘z nishonasini berib, oppoq paxtalar qiyg‘os ochilgan. Qumqo‘rg‘onlik paxtakorlar ham paxta hosilini birinchilardan bo‘lib yig‘ib-terib olishga kirishgan.
Paxta dalalarida terimchilarga barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Ular toza ichimlik suvi va etaklar bilan ta’minlangan bo‘lib, tushlikda esa issiq ovqat ham tayyor. Qolaversa, terimchilarning kayfiyatini ko‘tarib, mavsumni uyushqoqlik bilan boshlashlari uchun eng ko‘p paxta teradiganlar uchun sovg‘alar ham hozirlangan.
Tuman hokimi Anvar Normamatov N.Mirzayev hududidagi “Jasurbek Xushnudbek imkon” fermer xo‘jaligi dalasida bo‘lib, terimchilar bilan suhbatlashdi. Hosilni nest-nobut qilamasdan yig‘ib-terib olish borasida zaruriy ko‘rsatmalar berdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

KITOB — ENG BUYUK MOʻJIZADIR

     Bugungi axborot texnologiyalari asrida smartfon va internet hayotimizni...

G‘olib sayohatga chiqadi

Hukumat qarori bilan ta’lim va sport yo‘nalishlari bo‘yicha fan...

Steviyadan daromad

Sho‘rchi tumanining "Baxshtepa" mahallasida yashovchi Hikmatilla Allayorov tomorqasidan samarali...

Yangi uylar muddatida topshiriladi

Sariosiyo tumanida aholini zamonaviy va qulay uy-joylar bilan ta’minlashga...
KunTun
KunTun