“Oilalarga ma’rifat ulashib”…

Date:

Bo‘sh vaqtda eng yaxshi mashg‘ulot ham, ermak ham mutolaa bo‘lsa kerak. Ayniqsa, qo‘lingizga olgan kitobingiz sevgan asaringiz bo‘lsa, voqealar rivojini o‘qishdan zavq olasiz. Keyin nima bo‘larkin, degan qiziqish bilan o‘qiyverasiz, o‘qiyverasiz. Vaqtingiz esa qanday o‘tganini bilmay ham qolasiz.
Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati Nargiza Rahmatullayeva esa “Oilalarga ma’rifat ulashib” aksiyasi bahona oilalarga ma’rifat, ma’naviyat ulashmoqda. Ushbu kitoblar jamlanmasidagi asarlarga bir ko‘z yugurtirsangiz, ularning har bir saralab tanlanganiga amin bo‘lasiz. Sababi har bir asar o‘zbek va jahon adabiyotining eng sara namunalaridir. Demak, ularning har biri kitobxonni o‘qishga jalb eta oladi.
Viloyat bo‘ylab start berilgan aksiya doirasida oilalar ana shunday qimmatli xazinaga ega bo‘lishmoqda. Aksiya doirasidagi bu galgi tashrif esa Oltinsoy tumani “Obshir” mahallasi bo‘ldi. Mahalladagi xonadonlarga birma-bir kirgan aksiya ishtirokchilari kitoblar ulashdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Jarang sochdi “So‘ngi qo‘ng‘iroq”

Surxondaryo viloyatidagi maktablarda bugun erta tongdanoq o‘zgacha hayajon sezildi....

Samarqandga yo‘l: yangi tarixiy asar

Ispan yozuvchisi va tarixchisi Antonio Torremocha Silvaning “Samarqandga elchilik”...

“Kelajak intellekti” g‘oliblari aniqlandi

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilgan “Kelajak intellekti” olimpiadasining viloyat bosqichi yosh...

Yosh iste’dodlar kashf etildi

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi Bo‘zatov fest — “Yoshlar ovozi–2026”...
KunTun
KunTun