OILA SAQLAB QOLINDI

Date:

Sud… bir paytlar bir-birini ko‘zlariga boqqanda qandaydir iliqlik sezgan ko‘zlar nafratga to‘lgan, bir-birini ismlarini eshitgandayoq hapqirgan yuraklar esa endi diydorlashuvdan zada bo‘lgan. Munosabatlarni, rishtalarni uzish uchun qonun posbonlarining qarshisida qonuniy chora izlashayotir. Oqibati esa tirik yetib bolalar, biri kun ko‘rishi, ikkinchisi esa oyma-oy rizqini qiyib berishi lozim bo‘lgan aliment mashmashasi… ajrim ana shunday ko‘ngillarni larzaga keltiradi. Oila shunday darz ketib, bo‘linib, parchalanib ketadi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qumqo‘rg‘on tumanlararo sud zalida ana shunday navbatdagi oilaviy ajrim masalasi ko‘rib chiqildi. Da’vogar A. E. nikohdan ajratishni so‘rab, sud majlisida tushuntirish bergan bo‘lsa-da, nikohdan ajratishga asos bo‘luvchi hujjat va dalillar keltira olmadi.
Sud ish holatini muhokama qilib, taraflar o‘rtasida vujudga kelgan kelishmovchiliklar vaqtincha bo‘lib, ularni nikohdan ajratish uchun asos bo‘la olmaydi, deb hisoblab, da’vo arizasini rad etdi. Shundan so‘ng, sudya tomonidan har ikki tomonga oila muqaddasligi bo‘yicha kerakli tushuntirish berildi. Aytilganlar tomonlarga ta’sir qildi va oqibatini tushunib yetdi shekilli, ajrim yoqasidagi oila sud zalining o‘zidayoq ajrashmaslikka qaror qilishdi. Xayriyat, yana bir begunoh farzandning yetim bo‘lishining oldi olindi. Qaniydi, hamma ota-ona ham buni tushunib yetsa…

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bola huquqlariga oid bilimlar mustahkamlandi

Denov tumanida profilaktika inspektorlari ishtirokida “Xalqaro standartlar va milliy...

Roziliksiz reklama SMSlari taqiqlanadi

2026-yil 1-noyabrdan boshlab fuqarolarga ularning roziligisiz reklama mazmunidagi SMS-xabarlar...

Tabiat himoyasi kuchaytirildi

Anomal issiq ob-havo sharoitida Yuqori To‘palang milliy tabiat bog‘ida...

Portal imkoniyatlari kengayadi

Prezident qaroriga muvofiq, 2026-yil 1-oktyabrdan Yagona interaktiv davlat xizmatlari...
KunTun
KunTun