Tozalik aksiyasi o‘tkazildi

Date:

Insoniyat ong-u shuuri, salohiyati bilan boshqa mavjudotlardan ajralib turadi. U mislsiz bilim-salohiyatga ega va ixtirolarga qodir. Kun kelib esa ana shu ixtiro va yaratiqlarning zarari ham aynan insoniyatda daxl qilishini bilib, ko‘rib, amin bo‘ldik, bo‘lmoqdamiz. Bu bilan esa o‘zimizga, atrof-muhitga, ekologiyaga ta’sir o‘tkazishimiz yomon.
Bugungi kunda esa tabiatga zarar yetkazish uchun ixtirolar qilish shart emas, shunchaki e’tiborsizlarcha iste’molimizdan chiqqan chiqindini istagan joyimizga uloqtirishimiz kifoya. Afsuski, shunday bo‘lyapti ham. Ana shunday holatlarning oldini olish, atrofdagilarga ibrat va namuna bo‘lish maqsadida Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi, O‘zbekiston Ekologik partiyasi Surxondaryo viloyati filiali hamda “EKOSAN” xayriya jamoat fondi viloyat boʻlinmasi bilan hamkorlikda “Surxon” daryosi qirg‘og‘i bo‘ylab “Tabiatni plastik va polietilenlardan asraylik” shiori ostida “plogging” aksiyasi o‘tkazildi.
Aksiyada ko‘ngilli yoshlar, ekofaollar hamda ommaviy axborot vositalari ishtirok etdi. “Plogging” aksiyasi davomida yig‘ilgan chiqindilar maxsus texnikalar orqali chiqindi poligoniga olib ketildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Javobgarlik qayta ko‘rib chiqiladi

O‘zbekistonda davlat xizmatlarini soddalashtirish va fuqarolar uchun qulayliklarni oshirishga...

Rahbarni sun’iy intellekt tanlaydimi?

O‘zbekistonda zamonaviy boshqaruv tizimini shakllantirish va malakali rahbarlar zaxirasini...

Bola huquqlariga oid bilimlar mustahkamlandi

Denov tumanida profilaktika inspektorlari ishtirokida “Xalqaro standartlar va milliy...

Roziliksiz reklama SMSlari taqiqlanadi

2026-yil 1-noyabrdan boshlab fuqarolarga ularning roziligisiz reklama mazmunidagi SMS-xabarlar...
KunTun
KunTun