Tayanch ustunlari o‘rnatilmoqda

Date:

Qish g‘amini yozda ye deya bejizga aytishmagan. Shu sababdan ham Sho‘rchi tumanida ayni yoz oylarida qish tashvishini o‘ylagan holda, elektr ta’minotidagi uzilishlarning oldini olish maqsadida e’tiborga molik ishlar amalga oshirilmoqda. “Laylakxona” mahallasida joylashgan 822 ta transformatorga jami 43 dona tayanch ustunlari o‘rnatish reja qilingan. Hozirgi kunda esa bu boradagi ishlar qizg‘in tus olgan bo‘lib, ushbu manzilga 17 dona tayanch ustunlari olib kelinib, o‘rnatildi.
Shuningdek, “Shakarko‘l” mahallasida ham mahalla ahlining tinch va farovon hayot kechirishi uchun sa’y-harakatlar boshlab yuborilgan. Elektr energiyasi taminoti bilan bir me’yorda ta’minlab berish esa ana shu sa’y-harakatlarning eng muhimi deyish mumkin. Shu maqsadda mahalla hududiga o‘rtanilgan tayanch ustunlari uchun 400 metr yopiq kabellar tortish ishlari amalga oshirilmoqda.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarga zamonaviy uylar topshirildi

O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi arafasida aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va...

MyGov orqali taqiqlanadi

O‘zbekistonda mulk egalarining huquqlarini yanada ishonchli himoya qilish va...

Javobgarlik qayta ko‘rib chiqiladi

O‘zbekistonda davlat xizmatlarini soddalashtirish va fuqarolar uchun qulayliklarni oshirishga...

Rahbarni sun’iy intellekt tanlaydimi?

O‘zbekistonda zamonaviy boshqaruv tizimini shakllantirish va malakali rahbarlar zaxirasini...
KunTun
KunTun