Tayyorgarlik avjida

Date:

Kunning ikkinchi yarmida Termiz shahridagi “San’at saroyi” odamlar bilan gavjum bo‘ladi. Sababi, soya va salqin joyda o‘rindiqlar o‘rnatilgan tabiat qo‘ynida sayr qilmoq kishiga estetik ruh bahsh etadi. Surxondaryo viloyat hokimi ham bir guruh mas’ullar bilan kechki paytda ayni “San’at saroyi” hududida sayr bahona o‘rganish ishlarini olib borishdi. Maqsad esa ushbu hududni obodonlashtirish, yanada ajib manzara kasb etish… Shu maqsadda ishlab chiqilgan landshaft dizaynlari taqdimoti bilan tanishuv esa “San’at saroyi”ning kelgusidagi ko‘rinishini, dizaynini yanada yaxshiroq tasavvur qilishga yordam beradi.
Viloyat rahbari soha mas’ullari va loyihachilarga o‘zining zarur taklif va tavsiyalarini berdi. Loyiha yanada boyitiladigan bo‘ldi. Qolaversa, xalqimiz katta bayram — Mustaqillik shodiyonalari oldida turgan ekan, ushbu bayramni ko‘tarinki ruhda nishonlash lozim. Tashkilotchilar esa munosib tayyorlanmog‘i lozim. Mustaqillik bayrami tantanalarining kontsert dasturi esa risoladagidek o‘tkazilishi shart. Ushbu tantanalarni ayni “San’at saroyi” hududida bo‘lib o‘tishini hisobga oladigan bo‘lsak, viloyat rahbari mas’ullarga ushbu bayramga tayyorgarlik jarayonlari qanday kechayotganiga qiziqdi. Va jiddiy tayyorgarlik ko‘rish lozimligini ta’kidladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Jayhun” milliy san’atimizni tarannum etdi

Milliy san’at va madaniyatimizni xalqaro maydonda keng targ‘ib etish,...

“Ijtimoiy taraqqiyot uchun” maydonga chiqdi

Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Oliy ta’lim, fan va...

Kitob oʻqib, damas yutdi

Kitob mutolaasi insonning dunyoqarashini kengaytirib, tafakkurini boyitadi. Ayniqsa, davlat...

Paxta terimiga tayyorgarlik ko‘rildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor tumanidagi «Zamin Angor...
KunTun
KunTun