Bandixonda 58 kilometr yo‘l yangilandi

Date:

Bandixon tumanida 2026-yil davomida jami 58 kilometr avtomobil yo‘llari asfaltlandi. Bu ishlar aholining yillar davomida yo‘l infratuzilmasi bilan bog‘liq muammolarini bartaraf etish, qatnov qulayligi va xavfsizligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Jumladan, qariyb 10 kilometr davlat ahamiyatidagi avtomobil yo‘llari, 30 kilometr ichki yo‘llar hamda 18 kilometr yo‘l «Tashabbusli budjet» loyihalari doirasida ta’mirlandi. Ayniqsa, «Navro‘z» mahallasi hududidan o‘tuvchi D162 «Qumqo‘rg‘on – Kofrun – Boysun» avtomobil yo‘lining 5 kilometrlik qismi asfaltlangani aholi uchun muhim qulaylik yaratdi.

Yangilangan yo‘llar natijasida harakat ravonlashib, manzillarga yetib borish osonlashdi. Eng muhimi, bu ishlar aholining kundalik hayotini yengillashtirish, hududlar o‘rtasidagi transport aloqalarini yaxshilash va Bandixon taraqqiyotiga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

«Kuz jilosi»da Oltinsoy iste’dodlari porladi

Yosh iste’dodlarni kashf etish, ularning ijodiy salohiyatini namoyon qilish...

Qo‘g‘irchoq teatrida xavfsizlik sabog‘i

Bolalarda yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish madaniyatini erta yoshdan...

Bo‘lajak logistlar Termiz daryo porti faoliyatini o‘rgandi

Transport va logistika sohasida malakali mutaxassis bo‘lish uchun nazariy...

Sherobodda 24 soatlik nazorat yo‘lga qo‘yilgan

Sovuq kunlarda aholi xonadonlari, ta’lim va tibbiyot muassasalarining issiqlik...
KunTun
KunTun