Suv ta’minotining yangi tizimi yaratilmoqda

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning tuman hududlarini o‘rganishi davomida Xalqaro taraqqiyot uyushmasi va Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki ishtirokidagi “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar taqdimoti bilan tanishildi.

Loyiha Qumqo‘rg‘on tumani markazidagi Azlarsoy, Yangi shahar, Bog‘aro, Do‘stlik, Neftchilar, Beshqahramon, Ulug‘bek, Surxon sohili, To‘g‘on, Jiydali va Navbahor mahallalarini qamrab oladi. Ushbu hududlarga To‘palang daryosi suvidan foydalanadigan markazlashgan tizim orqali ichimlik suvi yetkazib berish rejalashtirilgan.

Loyiha doirasida mavjud suv infratuzilmasini yangilash va kengaytirish, tizim samaradorligini oshirish hamda suv yetkazib berish barqarorligini ta’minlash bo‘yicha qurilish-montaj ishlari olib boriladi.

Viloyat hokimi ishlarning belgilangan muddatlarda va sifatli bajarilishi, qurilish jarayonining doimiy nazorat qilinishi hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berdi.

Loyiha to‘liq amalga oshirilgach, 11 ta mahallada yashovchi 48 857 nafar aholi sifatli va barqaror ichimlik suvi bilan ta’minlanishi kutilmoqda. Bu hududda suv ta’minotini yaxshilash, infratuzilmani rivojlantirish va aholining kundalik turmushida muhim o‘rin tutadigan xizmat barqarorligini oshirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

«Kuz jilosi»da Oltinsoy iste’dodlari porladi

Yosh iste’dodlarni kashf etish, ularning ijodiy salohiyatini namoyon qilish...

Qo‘g‘irchoq teatrida xavfsizlik sabog‘i

Bolalarda yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish madaniyatini erta yoshdan...

Bo‘lajak logistlar Termiz daryo porti faoliyatini o‘rgandi

Transport va logistika sohasida malakali mutaxassis bo‘lish uchun nazariy...

Sherobodda 24 soatlik nazorat yo‘lga qo‘yilgan

Sovuq kunlarda aholi xonadonlari, ta’lim va tibbiyot muassasalarining issiqlik...
KunTun
KunTun