Vatanparvarlik — vujudimizda

Date:

Uzun tumanining olis chegara hududida joylashgan mahallalarda ta’lim olayotgan o‘quvchi yoshlar uchun harbiy xizmatchilar ishtirokida vatanparvarlik tadbiri tashkil etildi.

“Vatanparvarlik — vujudimizda” mavzusidagi tadbirda Termiz harbiy prokurori yordamchisi, adliya katta leytenanti S.B. Bebetov ishtirok etdi.

Hayrobod garnizonida joylashgan harbiy qismlar xizmatchilari tomonidan tayyorlangan jangovar sahnalar tadbirning eng e’tiborli jihatlaridan biri bo‘ldi. Harbiylarning mahorati va jangovar harakatlari aks etgan chiqishlar yoshlar hamda yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.

Tadbir orqali o‘quvchi yoshlarga Vatan himoyasi, harbiy xizmat va yurtga sadoqat tushunchalarining mazmun-mohiyati amaliy namoyishlar orqali yetkazildi.

Daler Rahmatullayev,
Termiz harbiy prokurorining katta yordamchisi,
Adliya katta leytenanti

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Talabalar yengil atletika bahslarida kuch sinashdi

Termiz davlat universiteti sport maydonida oliy ta’lim muassasalari talabalari...

Angorda yer usti yo‘lagi qurilmoqda

Angor tumani Yangi turmush mahallasidan o‘tuvchi Abu Iso at-Termiziy...

“Yashil belbog‘” barpo etilmoqda

Angor tumani Ilg‘or mahallasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida...

Ishlar qanday ketmoqda?

Qumqo‘rg‘on tumanida “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida 11...
KunTun
KunTun