Mahalliy boshqaruvda yangi muvozanat

Date:

Mahalliy davlat hokimiyatida vakillik va ijro organlari vakolatlarining aniq ajratilishi hududlarni samarali boshqarishning muhim shartidir. Yangi tahrirdagi Konstitutsiya bilan xalq deputatlari Kengashlari va hokimlarning vakolatlari bir-biridan ajratilib, mahalliy darajada o‘zaro tiyib turish va muvozanat mexanizmlarini kuchaytirishga zamin yaratildi.Avval hokim bir vaqtning o‘zida Kengashga ham, ijro hokimiyatiga ham rahbarlik qilgan bo‘lsa, yangi tizimda Kengashga deputatlar orasidan saylanadigan rais boshchilik qiladi. Bu Kengashlarning vakillik va nazorat rolini kuchaytirish imkonini berdi.
Kengash hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari va mahalliy byudjetni ko‘rib chiqadi, tasdiqlaydi hamda ularning ijrosi ustidan nazorat olib boradi. Hokimlik esa qabul qilingan qarorlar va dasturlarning amaliy ijrosini ta’minlaydi, hudud rivoji uchun mas’ul bo‘ladi.
Demak, Kengash va hokimlik faoliyati bir-birini takrorlamaydi. Biri hudud manfaatlarini ifodalab, qarorlar va ijro ustidan nazoratni amalga oshirsa, ikkinchisi ularni amalda ro‘yobga chiqaradi. Shu bilan birga, ular o‘zaro hamkorlik qilishi ham zarur.
Yangi tizimning samaradorligi faqat vakolatlarni qog‘ozda ajratish bilan emas, ularning amalda qanday ishlashi bilan belgilanadi. Buning uchun deputatlar va Kengash kotibiyatlarining huquqiy, iqtisodiy va tahliliy salohiyatini oshirish, aholi bilan muloqot va jamoatchilik eshituvlarini kengaytirish muhim.
Mahalliy boshqaruvdagi yangi modelning asosiy mezoni — vakolatning aniq chegarasi, mas’uliyatning ravshanligi va nazoratning samaradorligidir. Ana shu uch jihat uyg‘unlashgandagina hudud manfaatlariga xizmat qiladigan boshqaruv tizimi shakllanadi.

Bakirjon Yo‘ldoshev,
Xalq deputatlari Jarqo‘rg‘on tuman Kengashi deputati

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxonning betakror manzillari jurnalistlar nigohida

Turizm qo‘mitasi tomonidan Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatini keng targ‘ib...

Maktablarda “FAST – superqahramonlar” ta’lim dasturi joriy etiladi

Yurtimizda ilk bor qabul qilingan Infarkt va insultga qarshi...

Tibbiy xizmat yaxshilanadi

Muzrabot tumanidagi Chegarachi mahallasida “Tashabbusli byudjet” dasturining birinchi mavsumi...

Xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmatida kuz-qish mavsumini xavfsiz...
KunTun
KunTun