E’tiborsizlik qimmatga tushmasin

Date:

Kuz-qish mavsumida xonadonlarda isitish moslamalari, elektr jihozlari va gaz tarmoqlaridan foydalanish ko‘payadi. Bu esa yong‘in xavfsizligiga yanada jiddiy e’tibor berishni talab qiladi. Termiz shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari mavsum davomida bozorlar, savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari, xususiy tadbirkorlik maskanlari hamda aholi xonadonlarida yong‘in xavfsizligi holatini o‘rganmoqda. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tavsiyalar berilib, fuqarolar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazilmoqda.
Suhbatlarda elektr jihozlaridan me’yorida foydalanish, isitish moslamalarini nazoratsiz qoldirmaslik, gaz va elektr tarmoqlaridan foydalanishda xavfsizlik talablariga rioya qilish zarurligi tushuntirilmoqda. Yong‘inning oldini olish ko‘pincha oddiy ehtiyot choralaridan boshlanadi. Nosoz elektr simlari, qarovsiz qoldirilgan isitish moslamasi yoki gaz jihozidan noto‘g‘ri foydalanish jiddiy oqibatlarga sabab bo‘lishi mumkin.
Shu bois sovuq kunlarda xavfsizlik choralarini keyinga qoldirmaslik, xonadon va ish joyidagi isitish hamda elektr jihozlarini oldindan tekshirib, aniqlangan nosozliklarni bartaraf etish muhim. Yong‘in xavfsizligi — favqulodda vaziyat yuz bergandan keyin emas, undan oldin ko‘riladigan choradir.

A.Raxmatov,
Termiz shahar Favqulotdda vaziyatlar bo‘limi
Favqulotdda vaziyatlar profilaktikasi bo‘linmasi (FVB FVPB) kichik inspektori,
kichik serjant

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxonning betakror manzillari jurnalistlar nigohida

Turizm qo‘mitasi tomonidan Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatini keng targ‘ib...

Maktablarda “FAST – superqahramonlar” ta’lim dasturi joriy etiladi

Yurtimizda ilk bor qabul qilingan Infarkt va insultga qarshi...

Tibbiy xizmat yaxshilanadi

Muzrabot tumanidagi Chegarachi mahallasida “Tashabbusli byudjet” dasturining birinchi mavsumi...

Xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmatida kuz-qish mavsumini xavfsiz...
KunTun
KunTun