Ijtimoiy himoya muassasalariga qo‘shimcha daromad olish imkoniyati berildi

Date:

O‘zbekistonda Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi muassasalar endilikda pulli xizmatlar ko‘rsatishi, tarbiyalanuvchi va yashovchilar tayyorlagan mahsulotlarni sotishi hamda bo‘sh turgan davlat mulkini ijaraga berishi mumkin.

Bu imkoniyatlar Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 17-sentyabrdagi 493-son qarori bilan belgilandi. Undan tushadigan mablag‘lar muassasalarning rivojlantirish jamg‘armalariga yo‘naltiriladi.

Pulli xizmatlar qatoriga reabilitatsiya, tibbiy diagnostika va davolash, qarab turish, defektolog va psixolog xizmatlari kirishi mumkin. Bunda davlat tomonidan kafolatlangan xizmatlar bepul ko‘rsatiladi.

Shuningdek, muassasalarda hunarmandchilik, gul va ko‘chatlar yetishtirish, oziq-ovqat va qandolat mahsulotlari tayyorlash kabi faoliyatlarni yo‘lga qo‘yishga ruxsat beriladi. Xizmat oluvchilarning o‘z xomashyosidan tayyorlangan mahsulotlar sotilganda, tushumning vositachilik haqidan tashqari qismi ularning bank hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.

Bo‘sh turgan bino va inshootlar esa ijtimoiy-mehnat reabilitatsiyasi, kasbga o‘rgatish va pulli xizmatlar ko‘rsatish uchun tadbirkorlarga ijaraga berilishi mumkin.

Qaror muassasalarning budjetdan tashqari mablag‘larini ko‘paytirish, xizmatlar ko‘lamini kengaytirish va tarbiyalanuvchi hamda yashovchilarning mehnat ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Talabalar yengil atletika bahslarida kuch sinashdi

Termiz davlat universiteti sport maydonida oliy ta’lim muassasalari talabalari...

Angorda yer usti yo‘lagi qurilmoqda

Angor tumani Yangi turmush mahallasidan o‘tuvchi Abu Iso at-Termiziy...

“Yashil belbog‘” barpo etilmoqda

Angor tumani Ilg‘or mahallasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida...

Ishlar qanday ketmoqda?

Qumqo‘rg‘on tumanida “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida 11...
KunTun
KunTun