Ming gektardan oʻn ming tonna hosil…

Date:

Qishloq xo‘jaligida yer maydonlaridan oqilona foydalanish va takroriy ekinlarni kengaytirish oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash hamda aholi dasturxonini sifatli mahsulotlar bilan boyitishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, takroriy ekinlar orqali hosildorlikni oshirish fermer va dehqonlar daromadini ko‘paytirishga ham xizmat qiladi.

Shu maqsadda Uzun tumanida 1-avgustdan boshlab takroriy ekin maydonlarida kartoshka ekish ishlari boshlandi. Ayni kunlarda dalalarda ekish ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda. Tumanda 1000 gektar maydonga takroriy kartoshka ekish rejalashtirilgan bo‘lib, undan 10 ming tonna hosil olish ko‘zda tutilgan.

Mutasaddilar tomonidan ekinlarni o‘z vaqtida ekish, agrotexnik tadbirlarni sifatli tashkil etish hamda mo‘l hosil yetishtirish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda. Bu ishlar mavjud yer resurslaridan samarali foydalanish, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirish va aholini sifatli hamda arzon kartoshka bilan ta’minlashga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Muammolar va bunyodkorlik ishlari o‘rganildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor tumanida bo‘lib, hududdagi...

Har bir xonadon — e’tiborda

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumani Duoba mahallasining...

Tursunzodada do‘stlik va qardoshlik tarannum etildi

Tojikiston Respublikasining davlat mustaqilligi 35 yilligi munosabati bilan Tursunzoda...

Sariosiyo delegatsiyasi Tojikistonda

Ayni paytda Sariosiyo tumani hokimi Odiljon Yaqubov boshchiligidagi delegatsiya...
KunTun
KunTun