Yoʻllar sifatli va mustahkam

Date:

Hududlarda zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish va aholi uchun qulay yashash sharoitlarini yaratishga qaratilgan bunyodkorlik ishlari izchil davom etmoqda. Ana shunday loyihalardan biri Muzrabot tumanining Yangi diyor mahallasida amalga oshirilmoqda.

“Yangi O‘zbekiston qiyofasi kirib boradigan mahalla” dasturi doirasida mahallaning asosiy ko‘chasida 723 million so‘m mablag‘ evaziga asfalt yo‘l va zamonaviy piyodalar yo‘laklari qurilmoqda.

Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov obyektga tashrif buyurib, qurilish ishlarining borishi, sifati va muddatlariga rioya etilishini o‘rgandi. Shuningdek, mas’ullarga yo‘l infratuzilmasini sifatli va mustahkam barpo etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berdi.

Mazkur bunyodkorlik ishlari mahallaning zamonaviy qiyofasini shakllantirish, transport qatnovi xavfsizligi va aholining turmush farovonligini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun