Tayyorgarlik sinovdan oʻtdi

Date:

Yoz mavsumida o‘rmon yong‘inlarining oldini olish va favqulodda vaziyatlarga tezkor javob qaytarish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Shu maqsadda Surxondaryoda amaliy-taktik o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.

“Dolzarb 60 kun” tadbirlari doirasida Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda hamkor tashkilotlar ishtirokida Hisor ixtisoslashtirilgan davlat o‘rmon xo‘jaligi hududida o‘rmon yong‘inlarini bartaraf etish bo‘yicha amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.

Mashg‘ulot davomida shartli yong‘inni tezkor aniqlash, kuch va vositalarni safarbar etish, yong‘inni qisqa muddatda bartaraf etish hamda tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlik amalda sinovdan o‘tkazildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarga o‘rmon yong‘inlarining oldini olish, yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etish va favqulodda vaziyatlarda tezkor harakat qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Bu kabi mashg‘ulotlar yong‘in xavfsizligini ta’minlash va tabiiy boyliklarni asrashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun