Maktab yangi o‘quv yiliga shay

Date:

Ta’lim sifatini oshirish va o‘quvchilar uchun zamonaviy sharoitlar yaratish yo‘lida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari hududlarda izchil davom etmoqda. Ana shunday loyihalardan biri Muzrabot tumanidagi 43-sonli umumta’lim maktabida muvaffaqiyatli yakunlandi.

“Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida Mehnatobod mahallasidagi maktabning mavjud binosi mukammal ta’mirlanib, qo‘shimcha 120 o‘rinli zamonaviy o‘quv binosi barpo etildi. Natijada ta’lim muassasasi yangi o‘quv yilini zamonaviy va qulay sharoitlarda kutib olishga tayyor bo‘ldi.

Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov maktabda olib borilgan qurilish va jihozlash ishlarini ko‘zdan kechirib, ularning sifati hamda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik darajasini o‘rgandi. Shuningdek, hududni obodonlashtirish va obyektni yuqori sifatda foydalanishga topshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi.

Yangi ta’lim maskani Mehnatobod mahallasi o‘quvchilarining zamonaviy sharoitlarda sifatli ta’lim olishi va barkamol avlodni voyaga yetkazishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun