Sport ustasidan master-klass

Date:

Yosh sportchilarni professional tayyorlash va ularning xalqaro maydondagi raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan amaliy mashg‘ulotlar sport rivojida muhim o‘rin tutadi.

Shu maqsadda Denov tuman sport maktabida karate WKF yo‘nalishi bo‘yicha shug‘ullanayotgan yoshlar uchun Xalqaro toifadagi sport ustasi Quvonch Muxammadiyev ishtirokida master-klass tashkil etildi.

Mahorat darsida sportchilarga zamonaviy texnik va taktik usullar, hujum va himoya elementlari hamda musobaqalarda samarali harakatlanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. Shuningdek, xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyat qozonish uchun zarur bo‘lgan sport intizomi, psixologik tayyorgarlik va tajriba almashishga alohida e’tibor qaratildi.

Bunday master-klasslar yosh karatechilarning mahoratini oshirish, ularni nufuzli musobaqalarga puxta tayyorlash hamda kelajak chempionlarini tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun