Jarqo‘rg‘onda sog‘lom turmush targ‘iboti

Date:

Aholi salomatligini mustahkamlash va sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish bugungi kunda ustuvor yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Shu maqsadda Jarqo‘rg‘on tumanida “Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam” shiori ostida salomatlik marafoni tashkil etildi.

Jarqo‘rg‘on tumani Tibbiyot birlashmasi, oilaviy poliklinikalar hamda tuman sport maktabi hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda tibbiyot xodimlari ishtirok etib, 5000 qadam yurish marafoni va ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlarida qatnashdilar.

Marafon davomida jismoniy faollikning salomatlik uchun ahamiyati, muntazam sport bilan shug‘ullanishning foydasi haqida targ‘ibot ishlari olib borildi. Tadbir ishtirokchilarni sog‘lom hayot tamoyillariga yanada faol amal qilishga undab, tibbiyot xodimlarining bu boradagi faolligini oshirishga xizmat qildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun