“Shohcha”liklarning orzusi ushaladi

Date:

Ta’lim infratuzilmasini rivojlantirish va o‘quvchilar uchun zamonaviy sharoitlar yaratish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Shu maqsadda Oltinsoy tumanining “Shohcha” mahallasida yangi zamonaviy maktab binosi bunyod etilmoqda.

Qurilish jarayoni tuman hokimi Otabek Mavlyanov hamda tuman prokurori Ravshan Turdiyev tomonidan ko‘zdan kechirilib, ishlar sifati, sur’ati va belgilangan muddatlarda yakunlanishi yuzasidan mas’ullarga zarur topshiriqlar berildi.

Yangi ta’lim maskani foydalanishga topshirilgach, mahalla o‘quvchilari zamonaviy va qulay sharoitlarda bilim olish imkoniga ega bo‘ladi. Mazkur loyiha “Shohcha” mahallasi aholisining ko‘p yillik orzusini ro‘yobga chiqarish bilan birga, hududda ta’lim sifati va imkoniyatlarini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun