Turizm salohiyatimi xalqaro maydonda…

Date:

Turizmni rivojlantirish, hududning tarixiy-madaniy merosini dunyoga tanitish va yangi hamkorliklarni yo‘lga qo‘yish borasidagi ishlar izchil davom etmoqda.

Ayni kunlarda Surxondaryo viloyati delegatsiyasi Turkiyaning Istanbul shahrida xizmat safarida bo‘lib, viloyatning turizm salohiyati, boy tarixiy merosi, milliy madaniyati va an’analarini xalqaro maydonda targ‘ib qilmoqda.

Delegatsiya tarkibida Oltinsoy tumani hokimining o‘rinbosari Temurbek Chorshanbiyev ham ishtirok etib, tumanning sayyohlik maskanlari, tarixiy obidalari va investitsion imkoniyatlarini xorijiy hamkorlar hamda mehmonlarga tanishtirmoqda.

Mazkur tashrif Surxondaryoning turizm salohiyatini keng targ‘ib etish, yangi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, investitsiyalarni jalb qilish va hududning xalqaro nufuzini yanada mustahkamlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun