Faol yoshlar sayohatga yo‘l oldi

Date:

Yoshlarni rag‘batlantirish, ularning tarixiy merosga hurmatini mustahkamlash va dunyoqarashini kengaytirishga qaratilgan tashabbuslar izchil davom etmoqda. Bu boradagi amaliy ishlardan biri Bandixon tumanida amalga oshirildi.

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sport musobaqalari hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan bir guruh Bandixon yoshlari tarixiy Samarqand shahriga sayohat uchun yo‘l oldi.

Mazkur sayohat yoshlarning erishgan yutuqlarini munosib rag‘batlantirish, ularni yurtimizning boy tarixiy va madaniy merosi bilan yaqindan tanishtirish hamda mazmunli hordiq chiqarishlariga xizmat qiladi. Bunday tashabbuslar yoshlarning vatanparvarlik tuyg‘usini mustahkamlash, bilim va tafakkurini boyitishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“MARDLAR MAYDONI”: TERMIZDA XALQARO KURAŞ TURNIRI ÖTKAZILADI

Kuraş — xalqimizning milliy qadriyatlari, mardlik, jasorat va halollik...

Toshkent sahnasida “Momo yer”

Toshkentdagi Muqimiy teatrida Respublika teatr festivali doirasida Surxondaryo, Samarqand...

Hakim Termiziy merosi dunyo olimlari nigohida

Termiz shahridagi Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida buyuk alloma...

O‘quvchilar harbiylar bilan uchrashdi

Denov tumanidagi 76-sonli umumta’lim maktabida Xayrabod garnizonida joylashgan harbiy...
KunTun
KunTun