Yutuqlar e’tirof etildi

Date:

Angor tumanida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sportning mini-futbol va futbol turlari bo‘yicha o‘tkazilgan Davlat xavfsizlik xizmati kubogining tuman bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda tuman hokimligi, tegishli tashkilotlar vakillari hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi. Musobaqalarda yuqori natija ko‘rsatgan jamoalar munosib taqdirlanib, ularga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Shuningdek, “Yangi O‘zbekiston — yoshlar mamlakati!” shiori ostida o‘tkazilgan Yoshlar festivali doirasidagi tanlov va loyihalarda faol qatnashib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan yoshlar ham rag‘batlantirildi.

Ta’kidlash joizki, bunday tadbirlar yoshlarning sportga qiziqishini oshirish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, iqtidor va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda. Taqdirlash marosimi poytaxtdan tashrif buyurgan san’atkorlar ishtirokidagi konsert dasturi bilan yakunlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun