30 yildan oshsa, ekologik to‘lovi bor

Date:

O‘zbekistonda 2027-yildan boshlab ishlab chiqarilganiga 30 yil va undan ortiq bo‘lgan avtomobillar egalari yiliga bir marta 12,36 mln so‘m miqdorida ekologik kompensatsiya to‘lashi mumkin. Bu haqdagi taklif Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi tomonidan jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

Loyiha atmosfera havosini muhofaza qilish, zararli chiqindilarni kamaytirish hamda eskirgan transport vositalarini utilizatsiya qilish tizimini takomillashtirishga qaratilgan. Shuningdek, ekologik talablarga javob bermaydigan avtomobillardan foydalanishni cheklash va ularni bosqichma-bosqich muomaladan chiqarish rejalashtirilmoqda.

Mutaxassislar mazkur tashabbus ekologik xavfsizlikni ta’minlash va transport sohasida zamonaviy standartlarni joriy etishda muhim qadam bo‘lishini ta’kidlamoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun