Xavfsizlik choralari ko‘rilganmi?

Date:

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Bekzod Tashpulatov Sariosiyo tumanidagi ta’lim muassasalarida yozgi sog‘lomlashtirish mavsumining borishi bilan tanishdi.
Dastlab 1-sonli maktab qoshida tashkil etilgan oromgohda bolalarning mazmunli hordiq chiqarishi, sport va ijodiy to‘garaklarga jalb etilishi hamda mavjud infratuzilmalardan samarali foydalanish holati o‘rganildi. Shuningdek, 2-son va 35-son maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sanitariya-gigiyena talablari, ovqatlanish sifati va xavfsizlik choralarining bajarilishi ko‘zdan kechirildi.
Tashrif davomida 17-sonli umumta’lim maktabida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari ham muhokama qilinib, ta’lim muassasalarida bolalar uchun qulay, xavfsiz va samarali sharoitlarni yanada yaxshilash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun