30 kungacha qisqartirildi

Date:

Rossiya prezidenti Vladimir Putin migratsiya nazoratini kuchaytirishga qaratilgan yangi qonunni imzoladi. Unga ko‘ra, mehnat migrantlari va 90 kundan ortiq mamlakatda qoluvchi xorijliklar uchun majburiy tibbiy ko‘rik muddati 30 kun etib belgilandi.

Yangi tartibga binoan, migrantlar har yili qayta tibbiy ko‘rikdan o‘tishi shart bo‘ladi. Tekshiruv natijalari davlat bazasiga kiritilib, xavfli kasalliklar yoki giyohvand modda iste’moli aniqlansa, ma’lumotlar Ichki ishlar vazirligiga yuboriladi.

Shuningdek, tibbiy ko‘rikdan bosh tortgan shaxslarga nisbatan jarima va deportatsiya choralarini qo‘llash mumkinligi belgilangan.

Qonun 2026-yil 1-sentabrdan kuchga kiradi. Mazkur chora migratsiya jarayonlarini tartibga solish va jamoat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun