Beparvolik kechirilmaydi

Date:

Bugungi globallashuv jarayonida ekologik muammolar tobora keskinlashib bormoqda. Atrof-muhit ifloslanishi, chiqindilar hajmining ortishi va insonlarning tabiatga nisbatan beparvo munosabati nafaqat tabiatga, balki inson salomatligi va kelajak hayotiga ham jiddiy xavf tug‘dirmoqda.Ayniqsa, kundalik hayotda kichik deb qaraladigan holatlar ham vaqt o‘tishi bilan katta ekologik muammolarning yuzaga kelishiga sabab bo‘lmoqda.
Shunday holatlardan birining guvohi bo‘ldim. Yo‘lda ketayotsam, bir o‘quvchining maktabdan qaytayotganida qo‘lidagi bo‘sh plastik idishni yo‘l chetiga tashlab yubordi. U bilan ketayotgan onasi farzandiga tanbeh bergan bo‘lib, haligi plastic idishni chiqindi qutisiga tashlayotib, har bir qaralgan chiqindi jamlanib, umumiy ifloslanishga sabab bo‘lishini tushuntira ketdi. U tabiatga yetkazilgan har qanday kichik zarar ham vaqt o‘tishi bilan yirik ekologik muammoga aylanishini, tabiatni asrash esa har bir insonning kundalik mas’uliyati ekanini ta’kidladi.
Bu gaplardan izma-iz ketayotgan kamina ham ta’sirlandi. Demak, bolaga ham kuchli ta’sir qildi va u endi bunday xato qilmasa kerak. Ushbu oddiy voqea orqali shuni anglash mumkinki, ekologik muammolar ko‘pincha insonlarning mayda beparvoliklaridan boshlanadi va keyinchalik butun jamiyatga ta’sir ko‘rsatadigan darajaga yetadi.
Ekologik muammoni faqat texnologiya yoki qonun bilan emas, balki inson ongini o‘zgartirish orqali hal etish mumkin. Tabiatni asrash — bu faqat davlat yoki tashkilotlarning emas, balki har bir insonning burchidir. Har bir tashlangan chiqindi, har bir beparvolik kelajak ekologiyasiga ta’sir qiladi. Agar biz tabiatni asrasak, tabiat ham bizni asraydi.

Marjona Solijonova,
Termiz davlat universiteti talabasi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Noyob topilmalar tadqiq etilmoqda

Sho‘rchi tumanida 2023-yilda aniqlangan Ozod arxeologik yodgorligida bronza davriga...

Yo‘llarda tozalikni saqlashning oddiy yechimi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi yo‘l va dalalar atrofida chiqindilar to‘planishining...

Harakatdagi mahalla

Muzrabot tumanining "Oriyat" mahallasida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini...

Jamoamiz kuchli uchlikda

Toshkent shahrida ayollar o‘rtasida suv polosi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi...
KunTun
KunTun