Fidoyi jurnalistga yuksak ehtirom

Date:

Qiziriq tuman hokimligida taniqli jurnalist, “Hurriyat” gazetasi bosh muharriri, “Shuhrat” medali sohibi Abdurasul Jumaqulovning 60 yillik yubileyiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda so‘z olganlar Abdurasul Jumaqulovning mamlakatimiz jurnalistikasi rivojiga qo‘shgan munosib hissasi, ko‘p yillik samarali mehnati hamda jamiyatda ochiqlik va adolat tamoyillarini qaror toptirish yo‘lidagi xizmatlarini alohida e’tirof etdilar.

Tuman hokimi Sh.Allamurotov kecha qahramonini samimiy qutlab, uning boy hayotiy tajribasi, sermazmun ijodi va yosh avlod tarbiyasiga qo‘shayotgan hissasi katta ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.

Tadbirda nuroniylar, ziyolilar, OAV vakillari va yoshlar ishtirok etib, ustoz jurnalistning faoliyati haqida iliq fikrlar bildirishdi. A.Jumaqulovga esdalik sovg‘alari topshirilib, tadbir kuy-qo‘shiqlar va samimiy tilaklar bilan davom etdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun