Mehnat va fidoyilik e’tirof etildi

Date:

“Boysun bahori” xalqaro folklor festivalining muvaffaqiyati ortida ko‘plab insonlarning fidokorona mehnati, tashkiliy sa’y-harakatlari va san’atga bo‘lgan sadoqati mujassam bo‘ladi. Ayniqsa, xalqaro festivalni yuqori saviyada o‘tkazish katta mas’uliyat va hamjihatlikni talab etadi.

Festival doirasida o‘tkazilgan galakonsert dasturi ana shunday mehnat va fidoyilik qadrlangan unutilmas tantanaga aylandi. Tadbir avvalida festivalni mazmunli va yorqin tashkil etishga hissa qo‘shgan tashkilotchilar, folklor jamoalari rahbarlari, shahar va tuman hokimliklari hamda hamkor tashkilotlar vakillariga tashakkurnomalar va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Mazkur e’tirof festivalning nafaqat san’at bayrami, balki milliy madaniyatimizni dunyoga targ‘ib etishda xizmat qilayotgan insonlarga hurmat ifodasi ekanini yana bir bor namoyon etdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun