Yangi agentlik tashkil etiladi

Date:

Iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilashda to‘lovga qobiliyatsizlik jarayonlarini samarali boshqarish muhim ahamiyat kasb etadi. Zamonaviy va shaffof tizim esa ushbu sohada ortiqcha byurokratiyani kamaytirib, huquqiy mexanizmlarni takomillashtirishga xizmat qiladi.

Shu maqsadda Prezidentning “To‘lovga qobiliyatsizlik institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi. Unga ko‘ra, Adliya vazirligi huzurida To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi hamda uning hududiy bo‘limlari tashkil etiladi.

Mazkur agentlik sohada yagona davlat siyosatini yuritish, davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda to‘lovga qobiliyatsizlik jarayonlarini to‘liq raqamlashtirish bilan shug‘ullanadi. Shuningdek, O‘zbekiston Sud boshqaruvchilari palatasi tashkil etilib, sud boshqaruvchilarining yagona o‘zini o‘zi boshqarish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Bu yangiliklar sohada ochiqlik, samaradorlik va zamonaviy boshqaruvni ta’minlashga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun